Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Men oʻzbek shoiriman” hujjatli filmining boʻlib oʻtadi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda boʻlib oʻtadigan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.
“Men oʻzbek shoiriman” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan.
Kuni kecha Bobur va Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29-sentyabrga qadar Ogahiy, Choʻlpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari boʻlib oʻtadi.