Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat
0-2° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq boʻladi.