Bugun havo qanday boʻladi?

    Yashil sayyora 12 Oktabr 2021 700

    12-oktyabrda kunduz kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 15-20° iliqgacha isiydi.

    Poytaxtimizda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq boʻladi.

    Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq boʻladi.