Osiyo chempionatining ilk kunida ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi.
Jumladan, 57 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Abdumalik Xalakov tailandlik Saravuyt Suktetga qarshi ringga koʻtariladi. 63,5 kilogramm vazn toifasidagi bokschimiz Ruslan Abdullayev esa yaponiyalik Shunsuke Kitamotoga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib oʻtamiz, birinchi jang Toshkent vaqti bilan taxminan 15:55 dan, ikkinchi jang esa 16:25 dan soʻng oʻtkazilishi kutilmoqda.