Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
“Prognozga ko‘ra, Yerga yaqinlashayotgan quyosh shamoli oqimining tezligi 24 soat ichida osha boshlaydi. Shundan so‘ng geomagnit indekslar ham ko‘tarila boshlaydi”, deyiladi laboratoriyaning Telegram-kanalida.
Kutilayotgan buzilishlar manbai Quyoshning janubiy qutblaridan shimoliy qutblariga “ulkan yoriq”qa o‘xshash juda katta, g‘alati shakldagi toj tuynugi ekanligi ta’kidlanmoqda. Tuynuk Quyoshda ancha vaqtdan beri mavjud bo‘lib, bir oy oldin Quyosh diskining ko‘rinadigan tomonini kesib o‘tgan, deb xabar berdi report.az.