Oʼzbekistonda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʻzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Xorazm viloyatida baʻzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12o iliq boʻladi.
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi,ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7oiliq boʻladi.