Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha kechga tamon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, baʼzi joylarda 12-14° iliqgacha boʻladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 daraja iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja iliq boʻladi.