Kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

G4 darajalik magnit bo‘roni yuqoriroq ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 6 ballik magnit maydon geomagnit po‘rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yo‘ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya harakati, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Darvoqe, bugun kun davomida juda ham ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.