Mukofot jamgʻarmasi 2 million 500 ming norvegiya kronasini (taxminan 225 ming AQSH dollari) tashkil etuvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi

Bugun musobaqa doirasida blis bahslari oʻtkaziladi. Unda barcha 9 ta tur oʻyinlari tashkil etiladi. Ertadan boshlab esa klassik bahslar boshlanadi.

Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00dan soʻng boshlanadi. 

Eslatib oʻtamiz, turnirda Magnus Karlsen (Norvegiya), Alirizo Firudja (Fransiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Uesli So (AQSH), Fabiano Karuana (AQSH), Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston), Aryan Tari (Norvegiya) kabi dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirok etadi.