Oʻtgan davr mobaynida oʻz yoʻnalishimda koʻplab yutuqlarga erishdim va rahbar darajasiga koʻtarildim. Yosh kadr sifatida oʻzimga bildirilgan eʼtibordan minnatdorman va bor kuch-shijoatim bilan vatanim oldidagi burchimni bajarishda gʻayrat qilaman.

Bejiz gapni yosh kadrlarga qaratilayotgan eʼtibordan boshlamadim. Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasida bir haftalik malaka oshirish kursida oʻqidik. Oʻqishimiz davomida har bir zamonaviy metodda oʻtilgan darslarda biz shuni oʻrgandikki, tashkilot va korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda rahbar qiyofasi va imijini yangidan kashf etdik.

Boshqaruvning Milliy va xududiy xokimiyat boshqaruv tizimidagi xodimlarni on-layn va bevosita samarali tayyorlash va qayta tayyorlash, hamda maʼmuriy boshqaruv tizimini rivojlantirish, faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni oʻrganish orqali davlat boshqaruvini rivojlantirish ushbu oliy oʻquv yurtining asosiy maqsadidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bir qator xalqaro tashkilotlar, institutlar va fondlar vakillik idoralari bilan samarali aloqalarni oʻrnatgan.

Mazkur aloqalar konstruktiv xarakterga ega boʻlib, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyasi, mahalliy xukumat organlari faoliyati, boshqaruvning maksimum samaradorligiga erishishga xissa qoʻshuvchi turli tarmoqlardagi hamkorlikni oʻzida mujassam etadi.

Davlat boshqaruvi akademiyasining xalqaro hamkorlik strategiyasida chet el taʼlim muassassalari va ilmiy markazlari bilan oʻzaro kelishuv va memorandumlar asosida amalga oshiriladigan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday hamkorlikning asosiy maqsadi davlat boshqaruvi sohasidagi eng ilgʻor xorij amaliyotini oʻrganishdan iborat.

Bir haftalik oʻquv jarayonida Bugungi kundagi zamonaviy rahbar qiyofasi, Inson resurslarini boshqarish, strategiyasi, loyihaviy boshqaruv, boshqaruv samaradorligi oshirish, Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, Tadbirkorlik sohasidagi yutuqlar va bugungi kundagi muammo va zamonaviy yechimlari xususida kerakli bilim va tajribalar bilan tanishdik.

Ayniqsa, Boshqaruvda KPI tizimi, KPI samaradorlik koʻrsatkichlari tizimini aniqlashKPI tizimi samaradorlikni muhim koʻrsatgichi ekanligi, maqsadlarga erishishga qaratilgan korxona va tashkilotlarning baholash metodikasi hamda KPIdan maqsadli foydalanish shuningdek tashkilotni ichki mehanizmlarini koʻrib chiqish imkonini beruvchi xalqaro amaliyotni mukammal oʻrganishga muvofiq boʻldik.

Davlat xizmatchisining odob-ahloq qoidalari haqida oʻtkazilgan mashgʻulotlarda davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiy faoliyatini prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatchilarning hulq-atvori, kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, OAV vakillari bilan munosabatlarga oid umumiy odob-ahloq qoidlari boʻyicha zaruriy va muhim boʻlgan koʻnikmalarga ega boʻldik.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyat tizimi yoʻnalishida Mahaliy davlat hokimiyat tizimi, Oliy majlis, Ijro hokimiyati, Davlat boshqaruv prinsiplari hamda davlat boshqaruv usullari boʻyicha oʻtkazilgan seminar darslarda ish faoliyatim davomida duch kelgan kamchiliklarimni bartaraf etish uchun oʻzimga atroflicha tushunchalar oldim va bu olgan bilimlarimiz kelgusi faoliyatimiz uchun muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Bundan tashqari malaka oshirish davomida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga, jumladan Oʻzbekiston milliy teatriga, “Toshkent situ” turistik obyektlariga, tashrif buyurdik hamda “IT PARK UZBEKISTAN” markazi bilan yaqindan tanishib, koʻplab qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldik.

Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursida bizning bilim saviyamizni yanada boyitishda saʼy-harakat qilgan barcha fidoyi fan-doktorlari, professorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat hizmatini rivojlantirish agentligi hamda davlat boshqaruv akademiyasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Abror Ahmedov,

Oʻzbekiston Yoshlar agentligi Qashqadaryo viloyat kengashi raisi