Uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Oʻyinni bosh hakam sifatida oʻmonlik Ahmad Abu Bakar al-Kaf boshqarsa, unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Toʻrtinchi rasmiy hakam sifatida esa Qosim Matar al-Hatmi ishlaydi. Shuningdek, kuvaytlik Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.
Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan. Qitʼamizga toʻgʻridan-toʻgʻri 8 ta, qitʼalararo pley-off oʻyinlari orqali esa bitta oʻrin ajratilgan.
Osiyo qitʼasi uchun Jahon chempionatining 3-saralash bosqichida 18 jamoa har birida oltita jamoadan iborat uchta guruhga boʻlindi va ular davra tizimida (uy-safar) bahslashadi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikkita oʻrinni egallagan terma jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi.
Osiyo saralash guruhlaridan uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egallagan 6 ta terma jamoa yakuniy bosqichda har biri uch jamoadan iborat ikkita guruhga boʻlingan holda davra formatida kurash olib boradi.
Osiyo pley-off bosqichidan eng yaxshi ikki oʻrinni egallagan jamoalar “JCH-2026” yoʻllanmasiga ega boʻladi. Har ikki guruhdan ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar qitʼalararo pley-offda OFK nomidan ishtirok etadigan jamoani aniqlash uchun oʻzaro oʻyin oʻtkazadi.