Shuningdek, Gabon – Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida Venesuela bilan o‘yin o‘tkazadi. Soat 15:00 da “Paxtakor” o‘yingohida Gabon hamda Trinidad va Tobago milliy termalarining o‘yini bo‘lib o‘tadi.
“FIFA Series – 2026” doirasidagi ilk o‘yinda futbolchilarimiz gabonlik raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi, Venesuela esa Trinidad va Tobago termasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.