"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun kunduz kuni O'zbekistonda havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Qoraqalpog'istonda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq, shimolda 1-6° sovuq bo'ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-2° iliq bo'ladi.
Tog'li hududlarda ba'zi joylarda yog'ingarchilik bo'ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq bo'ladi.