Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.