Qarshi shahridagi stadionlarda respublikamizdagi akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari futbol boʻyicha eng kuchli hudud nomiga aniqlik kiritish maqsadida toʻp suradi.
Futbol boʻyicha oʻtkazilgan hududiy bosqich musobaqalaridan Xorazm, Jizzax, Andijon va Surxondaryo viloyatlari terma jamoalari final bosqichiga yoʻl olgan edi. Aynan shu 4 terma jamoa bugundan bahslarga kiradi.
Maʼlumot uchun, “Barkamol avlod” sport oʻyinlari respublika final bosqichida ortda qolgan 7 ta musobaqadan soʻng, jadvalning eng yuqori pogʻonasini samarqandlik sportchilar 78 ochko bilan boshqarib turibdi. 2-oʻrinni Xorazm viloyati sportchilari 73 ochko bilan band etgan boʻlsa, fargʻonaliklar 68 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda.