Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil yetadi.

Poytaxtimizda havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi. Havo harorati pasayadi va 10-12° iliqni tashkil yetadi.

Togʻli hududlarda havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq boʻladi.