Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuv madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish, uning kelgusidagi ustuvor vazifalarini belgilash masalalariga bagʻishlanadi.
Shuningdek, davlat rahbari ishtirokida madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtadi.