Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to'sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati g'olibi. Faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastikaga qo'shgan hissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf zalidan o'rin olgan yagona sportchi.
2019 yilda Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilgan sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio – 2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan. U Oksana faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada hisoblanadi.
Mahoratli sportchi davlatimiz tomonidan “O'zbekiston iftixori”, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvonlari, “Do'stlik”, “Mehnat shuhrati” hamda “el-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati