Bugun toʻrt nafar dzyudochimiz “Katta dubulgʻa”da bahsga kirishadi

    Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi.

    Reglament boʻyicha turnirning birinchi kunida yengil vazn toifasidagi bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun kurashadi.

    Hamyurtlarimiz bellashuvlarni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

    -60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Muhammad Rashnonezhad (IJF)

    -60 kg: Doston Roʻziyev - Saba Grigalashvili (Gruziya)

    -66 kg: Manuchehr Shirinov - Gustav Brovold (Norvegiya)

    -52 kg: Diyora Keldiyorova - Tolganay Abeuova (Qozogʻiston) / Mari Maxarashvili (Gruziya)