Bugun toʻrt tumanning ayrim hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

    Poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida taʼmirlash va elektron hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari olib borilishi sababli bugun soat 10:00dan 17:00ga qadar gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Xusussan, Yashnobod tumanida:

    -2-Tolariq va Bunyodkor koʻchalarida gaz bosimi pasayadi;

    -Fargʻona va OʻzBUM koʻchalaridagi 6 ta koʻp qavatli uylardagi 160 ta;

    -Fargʻona yoʻli koʻchasidagi 20 ta;

    -OʻzBUM koʻchasi 4 ta koʻp qavatli uylardagi jami 100 ta;

    -“Assalom sohil” mavzesidagi 4 ta koʻp qavatli uylardagi jami 620 ta;

    -“Obod makon” MFYdagi 21 ta koʻp qavatli uylardagi 1 100 ta;

    -“A.Yassaviy”, “Boysun”, “Maʼrifat”, “Shirinobod” MFYlari hududidagi 3 500 ta aholi;

    -Baku koʻchasida shisha sexi, “Joʻrabek” MFY hududidagi issiqxonalarda.

    Mirobod tumanida:

    -“Fayzobod”, va “Oq Uy” MFYlaridagi jami 1 300 ta uy xoʻjaliklarida;

    -Yuqorida koʻrsatilgan MFYlar hududidagi 56 ta maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari;

    -“Fayziobod” MFY hududidagi muzqaymoq sexi, qogʻoz ishlab chiqarish sexi, “Gofra prodakshn”, “Ruta” oilaviy korxonasi;

    -Fayziobod YPX binosi, Marhabo mehmonxonasi;

    -Maishiy xizmat koʻrsatish 2 ta, Temir yoʻl omborxonasi, Bojxona omborxonasi;

    -“Oq uy” MFY, Otchopar koʻchasidagi gaz quyish shoxobchasi — AGNKS, 2 ta novvoyxona,

    -“Qoʻyliq Ota” MFYdagi jami 300 ta uy xoʻjaliklarida hamda 10 ta ulgurji isteʼmolchilarda.

    Bektemir tumanida:

    -“Nurafshon” MFYdagi jami 70 ta uy xoʻjaliklarida.

    Uchtepa tumanida:

    -“Foziltepa” MFYdagi jami 220 ta uy xoʻjaliklarida hamda hududdagi 18 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

    Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.