Uch kun davomida sayyoramizning 5 qitʼasi 49 davlatidan jami 364 (191 erkak, 173 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida oʻzaro bellashadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 154 ming yevroni tashkil etadi.
Bugungi bahslarda erkaklar - 60, - 66 kilogramm, ayollar esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Jumladan, 20 nafar terma jamoamiz aʼzosi 5 ta vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-60 kg vazn toifasi
Doston Roʻziyev - Chong-Yu Lin (Xitoy Taypeyi),
Zamohshari Bekmurodov - Merey Marhanbetov (Qozogʻiston),
Kamoliddin Baxtiyorov - Romarik Bouda (Fransiya),
Dilshodbek Baratov - Muhammadsolih Quvvatov (Tojikiston)/Kazibek Chinibekov (Qirgʻiziston).
-66 kg vazn toifasi
Bobur Vadjiyev - Veyl Ezzine (Jazoir),
Muhriddin Tilovov - Munis Havsavi (Saudiya Arabistoni)/Isayah Ramirez (AQSH),
Sardor Nurillayev - Yerbol Abasbekov (Qirgʻiziston)/Shahboz Saidaburorov (Tojikiston),
Abdurahim Nutfulloyev - Adrian Chinarro Niyeto (Ispaniya).
-48 kg vazn toifasi
Mashhuraxon Azimova - Mariya Antona Gomez (Ispaniya),
Fotimaxon Tursunboyeva - Shukrona Karchiyeva (Tojikiston),
Gulnur Muratbayeva - Edna Karrillo (Meksika),
Xalimajon Qurbonova - Aksoltan Hojageldiyeva (Turkmaniston).
-52 kg vazn toifasi
Zuhraxon Maʼmurjonova - Martina Kastagnola (Italiya),
Gulhayo Joʻrayeva - Iglesias Ernandes (Kuba),
Diyora Keldiyorova - Ariane Soler Toro (Ispaniya) /Ying Vey Liu (Xitoy),
Sita Kadambayeva - Mariya Siderot (Portugaliya)/Sayyora Roziyeva (Turkmaniston).
-57 kg vazn toifasi
Shukurjon Aminova - Vera Zemanova (Chexiya),
Nilufar Yermaganbetova - Akarim Omori (Yaponiya),
Farangiz Rejepova - Malin Uilson (Buyuk Britaniya),
Yuliana Maksetbayeva - Ngok Diyem Nguyen (Vyetnam).