Toshkent shahrida 10-fevral kuni G2 darajali kuchga ega 4 ballik magnit boʻronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Oxirgi kunlarda Yerning shimoliy yarim sharida magnit boʻronlari faolligi sezilarli kuzatilmoqda.

SpaceX sunʼiy yoʻldoshlari ham davomli boʻron kuchlarida oʻz yoʻnalishini yoʻqotib yaroqsiz holatga kelib qolgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.

Magnit boʻronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat, inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa tizimiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Darvoqe, ayni payt respublika aholisining aksariyatida bosh orqa qismida “karaxtlik” kuzatilmoqda. Bu bevosita magnit boʻronlari aks taʼsirida yuz bermoqda.