5-8 aprel kunlari o'tkaziladigan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi ushbu Osiyo Ochiq Kubogida yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'iston davlatlaridan kelgan jami 500 nafarga yaqin iste'dod egalari tatamiga chiqadi.

Bugun musobaqaning birinchi kuni qizlar -40, -44, -48, -52, -57, yigitlar esa -50, -55 va -60 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Har kuni saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bahslari esa 17:00da boshlanadi.