Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev, FAO Bosh direktori Syuy Dunyuy, BMT Bosh Kotibining 2021-yilda oziq-ovqat tizimlari Sammiti boʻyicha Maxsus vakili A. Kalibata, Xalqaro elektr aloqa uyushmasi Bosh kotibi Ch.Xuolin, Yevropa ittifoqining qishloq xoʻjaligi boʻyicha komissari Ya.Voysexovskiy, 14 ta davlat, jumladan, Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Isroil, Italiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Makedoniya, Moldova, Polsha, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya qishloq xoʻjaligi vazirlari qatnashadi. Yana 10 ta mamlakat vazirlar oʻrinbosarlari darajasida koʻrsatilgan.
Anjuman yigʻilishiga kuzatuvchi sifatida mintaqaviy, mintaqalararo va xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari taklif etiladi. Tadbir ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Yevropa uchun mintaqaviy anjumanning avvalgi sessiyalari Voronej shahrida (Rossiya), Antalya shahrida (Tursiya) va Buxarest shahrida (Ruminiya) muvofiq ravishda 2018, 2016 va 2014-yillarda tashkil etilgan.
Anjumanni “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatiladigan bevosita reportajlarda, shuningdek, quyidagi ilova orqali kuzatib boring.