Kechaning asosiy jangi etib Shohjahon Ergashev va Salim Jengo bahsi belgilangan. Shohjahon tanzaliyalik raqibi Salim bilan Yevroosiyo boks parlamenti faxriy chempionligi uchun kurashadi.

“Tashkent city”da tashkil etilgan matbuot anjumanida bugungi kecha ishtirokchilari – bokschilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Boks kechasida Shohjahon Ergashevdan tashqari yana olti nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi.