Aslida, Gurbanguli Berdimuhamedovning vakolati muddati 2024-yilgacha belgilangandi.

Mamlakatdagi eng yuqori lavozimni egallash uchun 9 nomzod daʼvogar. Ular orasida amaldagi prezidentning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov ham bor.

Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil fevral oyi oʻrtalarida “yoshlarga yoʻl ochib berish lozimli”gini taʼkidlagandi.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi yetakchi saylovdan keyin parlament yuqori palatasi rahbarligida qolish niyatini bildirgan.