Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining mezbonlarga qarshi ikkinchi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da Lanfan shahridagi Xitoy terma jamoalari bazasida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, uch kun avval boʻlib oʻtgan birinchi uchrashuvda Timur Kapadze shogirdlari raqiblarini 3:1 hisobida taslim etishgandi. Oʻsha uchrashuvda jamoamiz tarkibida Mahmud Mahamadjonov, Umarali Rahmonaliyev va Alisher Odilov oʻz hisoblariga gol yozdirib qoʻyishgandi.
Farhod Nishonov boshqaruvidagi U-18 jamoamiz esa bugun yigʻin doirasida Turkiyaga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Birinchi uchrashuvda jamoamiz huddi akalari kabi zafar quchgan: Muhammadali Oʻrinboyevning dubli va Murodjon Komilovning gollari yoshlarimizga 3:1 hisobidagi gʻalabani taqdim etgandi.
Oʻzbekiston – Turkiya 19-iyun.
“Lokomotiv” stadioni. 19:00