«Bugungi yigʻilishni Urgutda oʻtkazayotganim bejiz emas. Respublika tumanlari ichida aholisi eng koʻp Urgutda 600 mingdan ortiq odam istiqomat qilayapti.
Urgut tumani uzoq yillardan beri viloyat qishloq xoʻjaligida yetakchi. Adir va toshloq yerda Urgut erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilganimiz, 860 million dollarlik 74 ta loyiha ishga tushgani natijasida Urgut sanoatlashgan hududga aylandi», — dedi davlatimiz rahbari.
Sanoat rivojlanishi savdo va servisga ham katta turtki berdi. Hozir Urgut viloyat sanoatida 3-oʻrinda, servisda esa 4-oʻrinda.
Bugun Urgutda yana bir tarixiy voqea – 55 kilometr temir yoʻl liniyasini ishga tushirildi. Ushbu tarmoqni elektrlashtirish ishlari kelasi yil toʻliq yakuniga yetkaziladi. Bu – avvalo aholiga yanada qulay sharoit yaratish bilan birga, sanoat, qishloq xoʻjaligi va servisda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.