Buxoro va Navoiy viloyatlarida ertalab ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi.

Qoraqalpog'istonda va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +12-17° gacha pasayadi.

Poytaxt Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. SHamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +12-14° bo'ladi.

Tog'li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik bo'ladi. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo'ladi.