Bugun koʻhna qitʼada futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar ligasi yarim final oʻyinlari boshlanadi. Angliyada oʻtadigan birinchi kungi bahsda  “Manchester Siti” Ispaniyaning Qirollik  klubiga qarshi maydonga tushadi. Manchesterliklar oʻtgan yili ushbu turnirning finaligacha yetib borgan va “Chelsi”ga yutqazgan edi.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti oʻyin oldidan UYEFA saytida oʻz fikrlarini bildirdi.

 “...Biz uchun yarim finalga chiqish muvaffaqiyat emas. Finalga chiqish ishtiyoqidamiz. Maqsadimiz  final va “Real”ning finalga yoʻl olishi odatda turnirda gʻolib boʻlish imkoniyatini oshiradi”,  dedi u.

Eslatib oʻtamiz, “Real” shu paytga qadar 13-marta YCHL gʻolibi boʻlgan.