Yilning soʻnggi “Masters”ida Oʻzbekiston terma jamoasining 17 nafar aʼzosi ham bahslarga kirishadi. Bugun 5 nafar dzyudochimiz musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz:
-60 kg: Dilshodbek Baratov - Devid Pulkrabek (Chexiya)
-66 kg: Sardor Nurillayev - Xuan Postigos (Peru)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Alberto Martin Gaytero (Ispaniya)
Ayollar:
-52 kg: Sita Kadamboyev - Anjelika Delgado (AQSH)
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Fabyen Kocher (Shveysariya)/Yerin Jang (J.Koreya).