Bugundan Bangkokda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. Qitʼamizning 15 davlatidan jami 163 nafar dzyudochi ishtirok etadigan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ham toʻliq tarkib bilan medallar uchun tatamiga chiqadi.

Bugun oʻgʻil bolalar oʻrtasida -60, -66, -73 kilogramm, qizlarda esa -48, -52, -57 va -63 kilogramm vazn toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi.

Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:

- 60 kg: Bahrom Boturov - Mendsayxan Nyamsuren (Moʻgʻuliston)

- 66 kg: Azizbek Ortiqov - Vipin Kumar (Hindiston)/Yang Ji Xyuk (Janubiy Koreya)

- 73 kg: Hojiakbar Toshev - Jang Jia-Xu (Xitoy Taypeyi)/Jun Do Von (Janubiy Koreya)

- 48 kg: Xalimajon Qurbonova toʻgʻridan-toʻgʻri 1/2 finalda

- 52 kg: Umida Jumaniyazova - Jang Se Yun (Janubiy Koreya)/Kiyal Amanturova (Qirgʻiz Respublikasi)

- 57 kg: Shukurjon Aminova (Oʻzbekiston) - Lin Vey-Ting (Xitoy Taypeyi)/Kim Yeji (Janubiy Koreya)

- 63 kg: Farangiz Rejepova - Kim Yu Na (Janubiy Koreya)