Bugun YUNESKO tashkil topgan kun

    Madaniyat 4 Noyabr 2020 3457

    Bundan roppa-rosa 74 yil avval (1946 y) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan hukumatlararo yangi tashkilot - YUNESKOga asos solingan.

    YUNESKO taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga koʻmaklashishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

    Milliy madaniyatlarni oʻrganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va boshqa shu kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda mazkur tashkilotning hissasi katta. Tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi roʻyxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy obʼektlar, jumladan, yurtimizdagi eng qadimiy obidalar kiritilgan(2006).

    Tashkilot roʻyxatiga kirgan madaniy meroslar dunyo miqyosida muhofaza qilinadi va oʻrganiladi.

    Shunday ekan, yurtimizdagi har bir meʼmoriy obyektni asrash orqali biz dunyo madaniyatini asrab qolishga oʻz xissamizni qoʻshgan boʻlamiz.