Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

    Voqea-hodisalar 14 Fevral 2024 889

    U o‘zining 47 yillik hayoti davomida tarix va adabiyotda ulkan iz qoldirdi. Xususan, uning «Boburnoma» tarixiy asari haqli ravishda turk nasrining javohir asari sifatida e'tirof etiladi.

    Amir Temurning bevosita avlodi bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur iqtidorli sarkarda, jangovar shon-shavkat va favqulodda aql-zakovat sohibi bo‘lgan. 1494-yilda Farg‘ona hukmdori bo‘lib, 1526-yildayoq Hindistonda markazlashgan Boburiylar davlatiga asos soladi. Dovrug‘i yetti iqlimga tarqalgan saltanat hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afg‘oniston hududlarini egallaydi.

    Sharq davlatchiligi tarixida eng qudratli saltanatlardan birini yaratgan Bobur o‘z Vatanining otashin jonkuyari bo‘lib qolib, umrining so‘nggi lahzalarigacha jonajon Andijon shahri bilan diplomatik va do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga sa’y-harakat qiladi.

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.