Shoirning «Kүnshыg‘ыs jolao‘shыsыna», «Baxыt lirikasы», «Yosh»,
«Alasatlы dүnya bul», «Үyler», «Jeti asыrыm», «Dala әrmanlarы», ««Duzlы
samallar», «Keo‘ildegi keң dүnya», «Begligiңdi buzba sen…», «Keo‘il keo‘ilden
suo‘ isher», «Tumaris hәm basqa poemalarы», «Hәr kimniң өz zamanы bar» nomli
she'riy kitoblari va «Taңlamalы shыg‘armalarы» to‘plamlari nashr etilgan.
Uning she'rlari
turkiy tillar adabiyotining gultojiga aylandi. Bir qator asarlari qozoq,
ukrain, belarus, gruzin, bolgar va boshqa xalqlarning tillariga tarjima
qilindi.
Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning maxsus qarori bilan Nukusda Ibrayыm Yusupov yodgorligi va uning nomidagi ijod maktabi
barpo etildi.
Adabiyotimizning
buyuk siymosining merosi hamisha ardoqlanib, xotirlanadi.
Respublikamizda
o‘tkazilishi an'anaga aylangan «Uch avlod» uchrashuvlarida ham shoir Ibrayыm Yusupovning hayoti va ijodi alohida tilga olinib
kelinmoqda.
Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragidan biri, atoqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni, «El-yurt hurmati», «Do‘stlik» ordenlariga sazovor deb topilgan fozil insonni xalqimiz doimo yodida saqlaydi. Uning o‘lmas merosi esa adabiyotimiz gultoji sifatida avlodlarga ulkan ma’naviy ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
«Yangi
O‘zbekiston» muxbiri.