Shoirning «Kүnshыg‘ыs jolao‘shыsыna», «Baxыt lirikasы», «Yosh», «Alasatlы dүnya bul», «Үyler», «Jeti asыrыm», «Dala әrmanlarы», ««Duzlы samallar», «Keo‘ildegi keң dүnya», «Begligiңdi buzba sen…», «Keo‘il keo‘ilden suo‘ isher», «Tumaris hәm basqa poemalarы», «Hәr kimniң өz zamanы bar» nomli she'riy kitoblari va «Taңlamalы shыg‘armalarы» to‘plamlari nashr etilgan.

Uning she'rlari turkiy tillar adabiyotining gultojiga aylandi. Bir qator asarlari qozoq, ukrain, belarus, gruzin, bolgar va boshqa xalqlarning tillariga tarjima qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning maxsus qarori bilan Nukusda Ibrayыm Yusupov yodgorligi va uning nomidagi ijod maktabi barpo etildi.

Adabiyotimizning buyuk siymosining merosi hamisha ardoqlanib, xotirlanadi.

Respublikamizda o‘tkazilishi an'anaga aylangan «Uch avlod» uchrashuvlarida ham shoir Ibrayыm Yusupovning hayoti va ijodi alohida tilga olinib kelinmoqda.

Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragidan biri, atoqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni, «El-yurt hurmati», «Do‘stlik» ordenlariga sazovor deb topilgan fozil insonni xalqimiz doimo yodida saqlaydi. Uning o‘lmas merosi esa adabiyotimiz gultoji sifatida avlodlarga ulkan manaviy ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi.


Minajatdin QUTLЫMURATOV,

«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.