Akademik litseylarda bugun – 2-sentyabrdan eʼtiboran rasman oʻqish masofaviy shaklda boshlandi. Hozirda akademik litseylarda faqat 2-kurs oʻquvchilari tahsil oladi. Litseylarda taʼlimni masofaviy yoki anʼanaviy shaklda boshlash boʻyicha ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgan. Natijalar tahlil qilindi.
Joriy yil 7 – 14-sentabr kunlari akademik litseylarning 1-kursiga qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkazilib, natijalari eʼlon qilinishi bilan taʼlim anʼanaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirilishi yuzasidan qoʻshimcha xabar beriladi.