Bugundan tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy etiladi

    Bugun, 1-avgustdan boshlab ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlarida mutaxassislar ish boshlaydi.

    Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:

    - tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;

    - statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;

    - statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.