Birinchi bosqichda yuborilgan arizani bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi. Ikkinchi bosqich uchun yangi ariza mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ota-onalar "1-sinfga qabul" xizmati orqali farzandini tanlab, ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashi lozim.
Ariza to‘ldirilayotganda "Ariza topshirishning hududiy darajasi" bo‘limida "Tuman doirasida qabul" bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi.
Yangi ariza tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga hujjat topshirish vaqti haqida bildirishnoma yuboradi.
Shuningdek, ikkinchi bosqich arizasi bo‘yicha ijobiy javob olgan ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borib topshirishi shart.
Qo‘shimcha savollarni Telegram botga (@uztdibot) yuborish mumkin.