Xusasan, Buxoro viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan “Buxoroenergomarkaz” AJ hamda “Issiqlik manbai” DUK tasarrufidagi barcha isitish qozonxonalarining faoliyati joriy yilning 14-mart sanasidan boshlab toʻxtatildi.
Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, koʻp kvartirali uylarni issiq suv bilan uzluksiz taʼminlash ishlari davom ettiriladi.
Texnik jarayonlar davomida issiq suv taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar yoki issiq suv joʻmraklaridan qisqa muddatda zangli suvlar oqishi kuzatilishi mumkinligi aytildi.
Shuningdek, yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.