Лого Лого-пв-уз

    Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

    2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

     2022/2023-oʼquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʼqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

    "Eslatib oʼtamiz, 2022/2023-oʼquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali oʼrtacha koʼrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʼyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʼshimcha imtihon oʼtkazilmaydi", deyiladi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi xabarida.

    Shu oʼrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʼladi.