2020-yil 13-mart kuni imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni oradan 6 oy oʻtgach kuchga kirishi belgilangan edi.

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud:

- umumiy tartib;

- soddalashtirilgan tartib;

- alohida tartib.

Ushbu qonunda avvalgisidan farqli oʻlaroq “vatandosh” degan tushuncha kiritilgan boʻlib, unga koʻra chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadi.

Shuningdek, qonun bilan Oʻzbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

- tugʻilganlik boʻyicha;

- bola farzandlikka olinganda;

- Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.