Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud boʻlib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.
Onlayn roʻyxatdan oʻtish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma ushbu havola orqali taqdim etilgan.