Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) oʻqishni koʻchirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar taʼlim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza (oʻquvchi yoki voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasi tomonidan);
  • professional taʼlim muassasasi tomonidan berilgan akademik maʼlumotnoma;
  • oʻquvchining kursdan kursga oʻtganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma.