Bunday paytda birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz barqaror taʼminlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Shu yilning 8-yanvardan boshlab “metan zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi.
Fargʻona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilgʻi) bilan uzluksiz taʼminlash. Yaʼni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu bois, gaz taʼminotidagi umumiy holat, bosim darajasi va isteʼmol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror taʼminotni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bu zaruriy choralar vaqtincha boʻlib, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz.