Prezident yigʻilishni yakunlar ekan, endi hech kimning eskicha ishlashiga yoʻl qoʻyilmasligini uqtirdi.
“Bugungi yigʻilishda jami 31 nafar masʼul rahbarlar boʻshatildi. Bundan keyin talab juda qattiq boʻladi.
Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan boʻshatilib, javobgarlikka tortilasizlar”, - dedi davlatimiz rahbari.
Viloyat hokimlari ham har oyda hududidagi jinoyatchilik ogʻir boʻlgan tumanlarda sayyor yigʻilish qilib, holatni tanqidiy koʻrib chiqishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.