SHahrimiz mehmonlari va xorijdan tashrif buyuradigan sayyohlar uchun tarixiy ahamiyatga ega osori atiqalar namoyishgohiga aylantiriladigan muzeyning umumiy maydoni 9 ming 354 metr kvadratni tashkil etadi.
6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san'atini o'zida aks ettiradigan muzeydan 125 mingga yaqin eksponat o'rin egallaydi.
Loyihaga binoan, muzey binosida anjumanlar zali, fond zahira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.
Turkiya Respublikasining "Studio Vertebra" kompaniyasi me'mor-mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilayotgan inshootning umumiy qiymati 6,9 million AQSH dollariga baholangan.