Respublika Ishchi guruhi manzilli uchrashuvlar chogʻida tumandagi sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish borasida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Mahsulotning eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilinishini taʼminlash, yangi eksport bozorlarini ochish, tumanda yaqinda faoliyatini boshlagan “Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi” oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Tumanda 600 gektarda chesnok ekilgan boʻlib, har gektaridan 20 tonna sarimsoqpiyoz hosili olinadi.

Bugungi kunda respublikada sarimsoqpiyoz ekinining 3 ta (Mayskiy Vir, Yujno-Fioletovoy va Chidamli) navi qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash davlat reyestiriga kiritilgan.

2021-yilda 4,0 mln tonna shundan, 1,7 mln tonna fermer xoʻjaliklarida, 2,3 mln tonna aholi tomorqalarda hamda 2022-yilda 4,3 mln tonna shundan, 1,9 mln tonna fermer xoʻjaliklarida, 2,4 mln tonna aholi tomorqalarda piyozi, sarimsoqpiyoz, sabzavot mahsulotlari yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari belgilab olingan.