Bunday yondashuv avval boʻlmagan

    Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov:

    Ilk bor BMT tarixida Prezidentimiz 2 ta narsani bogʻlab turib maxsus rezolyutsiya qabul qilishni taklif etyaptilar - Barqaror taraqqiyot maqsadlari va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentning rolini oshirish. Bunday yondashuv avval boʻlmagan.

    Mana shu takliflarga nisbatan xorijiy ekspertlar fikrini keltirmoqchiman. Masalan, Samarqand forumida ishtirok etgan Yuristlar xalqaro kengashi raisi Anish Agarvala Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tashabbuslari bilan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun Osiyo mintaqasida peshqadamlik qilmoqda degan fikrni aytdi.

    BMTdan keyin ikkinichi oʻrinda turadigan xalqaro tashkilot — Parlamentlararo ittifoqning bosh kotibi Martin Chungong Prezident Shavkat Mirziyoyevni BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifini amalga oshishiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor ekanini bildirdi.