Ta'kidlash joizki, mazkur kampus 10,5 ga maydonda xalqaro standartlar darajasida qurilib jihozlanmoqda.
Yangi kampusda 900 o'rinli o'quv bino, 1200 o'rinli yotoqxona, 300 o'rinli oshxona, sport sog'lomlashtirish majmuasi, alohida vivariya binosi va 200 o'rinli klinika qurib bitkazilmoqda.
Joriy yilda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilayotgan ushbu kampusda so'nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari uchun 149.5 mlrd mablag' sarflangan.
Shuningdek, yangi kampusda institutning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan zamonaviy simulyatsion markaz qurilmoqda.
A. Toshqulov mazkur binoning qurilish ishlariga yuqori baho berib, institutda yaratilayotgan sharoitlar ta'lim sifatini oshirishga, o'zaro raqobatni rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.